Bo'limlar

O‘zbekistonda jazirama yoz chillasi qachondan boshlanadi?

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati 40-42 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida 43-45 darajagacha ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Unda aytilishicha, O‘zbekistonda 25 iyundan 3 avgustgacha bo‘lgan qirq kunlik davr, xalq an’analariga ko‘ra, "chilla" yoki "saraton" deb ataladi. Yozda qizigan cho‘llar ustida yuqori haroratli va namligi kam bo‘lgan tropik havo massalari shakllanadi, bu yozning o‘rtalarida bulutli, quruq va issiq ob-havoni belgilaydi.

Odatda haroratning eng yuqori qiymatlari aslida chilla davriga to‘g‘ri keladi. Bu yil ham chillaning boshlanishi joriy yilning birinchi issiq to‘lqinlariga to‘g‘ri kelmoqda. 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati 40-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 43-45 darajagacha issiq ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari davomida eng issiq iyun oyida havo harorati ko‘pchilik viloyatlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha, Qizilqum cho‘lida 47 darajagacha, respublikaning eng janubida 48-49 darajagacha jazirama issiq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

jazirama yoz chillasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов