Bo'limlar

Ukrainadagi urushga yechim topmoqchi bo‘lgan Afrika yetakchilari Putin va Zelenskiy bilan uchrashadi 

Olam

image

Afrika davlatlarining yetti nafar Prezidenti kelasi haftada Kiyev va Sankt-Peterburgga borib, Ukraina inqirozini hal qilish yo‘llarini izlash missiyasi doirasida Ukraina va Rossiya rahbarlari bilan uchrashadi. Bu haqda ushbu safarga yordam berayotgan Brazzavil fondi notijorat tashkiloti xabar berdi. 

Aytilishicha, afrikalik yetakchilar 16 iyun kuni Kiyevda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy, 17 iyunda esa Sankt-Peterburgda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. 

Afrika mamlakatlari delegatsiyasi tarkibida Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Kiril Ramafosa, Komor orollari Prezidenti va Afrika ittifoqi raisi Azali Assumaniy, Kongo Respublikasi Prezidenti Deni Sassu Ngesso, Uganda Prezidenti Yoveri Kagutu Museveni, Senegal Prezidenti Maki Sall, Zambiya Prezidenti Xakainde Xichilema va Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bor.

Ma’lumot uchun, Afrika delegatsiyasining Ukraina va Rossiyaga safariga yordam berayotgan Brazzavil fondiga 2014 yilda uning amaldagi Prezidenti bo‘lgan fransuz tadbirkori Jan-Iv Olive tomonidan asos solingan. Bosh qarorgohi Londonda joylashgan mazkur tashkilot nizolarning oldini olish va hal qilish sohasida tashabbuslarni ishlab chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 may kuni Rossiya va Ukraina rasmiylari mojaroga tinch yo‘l bilan yechim topish maqsadida Afrika davlatlari delegatsiyasini qabul qilishga kelishib olganini ma’lum qilgandi. Ramaposa oltita Afrika davlati: Misr, Zambiya, Kongo Respublikasi, Senegal, Uganda va Janubiy Afrikadan iborat guruh tuzilishini aytgan. Keyinchalik bu ro‘yxatga Afrika Ittifoqining amaldagi raisi Komor orollari qo‘shilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Afrika Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов