Bo'limlar

Toshkentga yaroqsiz go‘sht kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahriga 600 kilogramdan ortiq iste’molga yaroqsiz go‘sht olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan “Umakay” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Qarshi-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan fuqaro F.E. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro B.X. jami 500 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini Toshkent shahriga o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan fuqaro E.M. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasida fuqaro N.R. jami 165 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini Toshkent shahriga o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ham ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Qashqadaryoda yuk mashinasida 4 tonna iste’molga yaroqsiz go‘shtni ichki bozorga o‘tkazgani olib ketayotganlar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yaroqsiz go'sht

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов