Bo'limlar

Mirziyoyev urush faxriylari holidan xabar oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Uskan ota Xadjimanov Boyovut tumanidan, Fayzulla ota Nurmatov Oqqo‘rg‘on tumanidan, Anarboy ota Jalilov Parkent tumanidan, Muhiddin ota Dusanbayev O‘rta Chirchiq tumanidan kelib davolanmoqda. Ular hayotidan rozi ekani, davlatimizning va odamlarning hurmatidan xursand ekanini aytishdi. Salomatliklari tuman tibbiyot birlashmasining doimiy nazoratida, bepul dori-darmon va har yili sanatoriylarga yo‘llanmalar beriladi”, deyiladi xabarda.

Nuroniylar Prezidentga nevara-chevaralarining o‘qish va ishlari, yutuqlari haqida so‘zlab berdi. Ular ta’lim, qurilish, ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi kabi turli sohalarda samarali mehnat qilib, mamlakat ravnaqiga hissa qo‘shmoqda. Yoshlar zamonaviy bilim olib, chet ellarga o‘qishga ketmoqda. Bobolar ularni tinchlikning qadriga yetish, vatanparvarlik, mehnatsevarlikka da’vat etib keladi.

“Hamma harakatlarimiz xalqimizni rozi qilish uchun. Islohotlar natijasi eng quyiga, har bir xonadonga kirib borishini istaymiz. Rejalarimiz ham katta. Hamma jipslashsa, birgalikda harakat qilsa, o‘ylagan niyatlarimizga tezroq yetishamiz. Sizdek nuroniylarning duolari bunda bizga madadkor bo‘ladi. Sizlarning hayotingiz iroda, jasorat maktabi, gaplaringiz  yoshlarga ibrat”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 

Otaxonlar mehr-e’tibor uchun davlat rahbariga rahmatlar aytdi. Dunyoning tinchligi, yoshlarning porloq kelajagini so‘rab duolar qildi.

Bildirilishicha, gospitalda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari munosib parvarish qilinmoqda. Bu muassasa mukammal ta’mirlanib va yangi binolar qurilib, 2022 yil foydalanishga topshirilgan. Gospital jami 700 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, soha faxriylari bepul davolanadi. Buning uchun 286 xil diagnostik tekshiruv, 600 dan ortiq amaliyotlar yo‘lga qo‘yilgan, 30 ga yaqin ixtisoslashgan bo‘limlar tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов