Bo'limlar

“Ko‘chada uzoq yurmang, soyabon tuting...” CCV xavfli ultrabinafsha nurlaridan himoyalanish bo‘yicha tavsiya berdi

Salomatlik

image
0:00
0:00
download

Bugun, 3 may kuni poytaxt Toshkent shahrida quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 12 balli shkalada 10 ball bo‘lishi kutilayotgani ma’lum qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi quyoshning ultrabinafsha nurlari faol ta’sir etganda, uning salomatlikka salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha aholiga o‘z tavsiyalarini berdi.

Ta’kidlanishicha, nurlanish qoq tush payti maksimal darajaga yaqinlashib, uning indeksi 12 balli shkalada 10 ball bo‘lishi, soat 14:00 da 9, 15:00 da 7 va 16:00 da 5 darajaga tushishi qayd etilgan.

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi ma’lum qilishicha, bunday paytda quyosh nuri allergik reaksiyalar keltirib chiqarishidan ehtiyot bo‘lish lozim. Xususan, bu kabi noqulay ob-havo sharoitida terining quyosh nuriga sezgirligi oshishi natijasida fotodermatit kasalligi yuzaga kelishi mumkin.

Quyosh nurining o‘zi allergen hisoblanmaydi. Biroq ultrabinafsha nurlanish teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan o‘zaro ta’sirga kirishganda, allergik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin.

Oqibatda ko‘krakning yuqori qismi, bo‘yin, qo‘l sohalarida pufakcha, qavariq, qizil dog‘ va turli toshmalar yuzaga keladi. Ba’zan terining qipiqlanishi, qichishishi va shishlar kuzatiladi.

Qolaversa, ko‘zning shilliq qavatiga ultrabinafsha nurlarining ta’siri konyunktivit va keratit, ya’ni shohpardaning yallig‘lanishini ham keltirib chiqaradi.

Bunday yallig‘lanish zararli nur ta’siridan bir necha soat o‘tgach paydo bo‘lib, ikkisi ham og‘riqli kechadi. Shu bilan birga ultrafinafsha nurlar kataraktaning rivojlanishiga ham sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, nurlanish indeksi yuqori bo‘lgan vaqtda ochiq havoda uzoq vaqt yurish saraton kasalligiga moyillikni oshirib, immunitetni pasaytiradi.

Shu bois bunday kunlarda soat 11:00 dan 16:00 gacha quyosh nurlari ostida uzoq vaqt yurmaslik, agar zarurat tug‘ilsa, bosh kiyim kiyish yoki soyabon tutish, ko‘zoynak taqish va imkon qadar yopiq liboslar kiyish tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

CCV ul'trabinafsha nurlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов