Bo'limlar

Xitoy Tayvan havo hududini buzdi

Olam

image

Bugun, 8 iyun kuni Xitoy 37 ta harbiy samolyoti bilan Tayvan orolining havo mudofaa zonasiga kirdi. Shundan so‘ng Tayvan mudofaa tizimlarini faollashtirdi. Bu haqda Tayvan Mudofaa vazirligi xabar berdi

Aytilishicha, bugun, 8 iyun kuni ertalabki soat 5:00 dan boshlab Tayvan havo hujumidan mudofaa identifikatsiya zonasining janubi-g‘arbiy burchagida Xitoy harbiy-havo kuchlarining 37 ta samolyoti, jumladan J-11 va J-16 qiruvchi samolyotlari hamda yadroviy quvvatga ega H-6 bombardimonchi samolyotlari kuzatilgan.
Xitoy samolyotlarining bir qismi Tayvanning janubi-sharqiga uchib, havo kuzatuvi va uzoq masofali navigatsiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Tinch okeanining g‘arbiy qismiga o‘tgan. Shundan so‘ng, Tayvan kuzatuv va faollashtirilgan quruqlikdagi raketa tizimlarini saqlash uchun o‘z samolyotlari va kemalarini yuborgan.

Ta’kidlash joizki, kecha, 7 iyun kuni Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari ustidagi parvozlardan so‘ng Xitoy Rossiya bilan Tinch okeanining g‘arbiy qismida qo‘shma havo patrullarining ikkinchi bosqichini yakunlagan, bu esa Yaponiyada milliy xavfsizlik bo‘yicha xavotirlarga sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Tayvanni o‘z hududi deb hisoblaydigan Xitoy, so‘nggi uch yil ichida orolning hududiy havo zonasiga kirmasa ham o‘z havo kuchlarini muntazam ravishda Tayvan yaqinida uchirib keladi.

Charos Yunusaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Tayvan' havo mudofaa zonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов