Bo'limlar

Endi avtomobilni agressiv boshqarish ham javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda avtomobillarni agressiv boshqargan, drift va shahmat shaklida harakatlanganlarga nisbatan ham javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Kecha, 28 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida deputatlar aynan shu masalalar aks etgan qonun loyihasini muhokama qildi. 

Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik kodeksiga 6 ta yangi modda kiritish hamda 29 ta moddaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. 

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning deputatlarga yuzlanib ma’lum qilishicha, qonun bilan sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari chuqur tahlillariga asosan aynan bugungi kunda ko‘p uchrab turgan va qonunchilik bilan aniq javobgarlik belgilanmagan, ayrim haydovchilar tomonidan boshqarish madaniyatiga rioya qilmay, transport vositasini keskin boshqarish va boshqa harakatlarda ifodalangan agressiv boshqarish, drift, shahmat shaklida harakatlanish, yo‘llarda to‘siqlarni paydo qilish kabi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. 

“Loyihani ishlab chiqish jarayonida bir qator xorijiy mamlakatlar, jumladan Fransiya, Germaniya, Avstraliya, Xitoy kabi xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalaridan foydalanildi”, deydi Abdullayev.  

Deputatlar qonunni uchinchi o‘qishda ma’qullab, Senatga yubordi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun loyihasida qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etish hamda transport vositalarini mast holatda boshqarish yoki tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik belgilash ham nazarda tutilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов