Bo'limlar

Dunyodagi eng uzun tilli it Ginness rekordlari kitobiga kiritildi

Bu qiziq

image

AQSHning Luiziana shtatida yashovchi it dunyoda eng uzun tilga ega deb topilib, Ginness rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zoyey laqabli urg‘ochi itning tili 12,7 santimetrni tashkil etadi. Egalarining so‘zlariga ko‘ra, ular Zoyeyni 6 oyligida asrab olgan va itning tili tanasi bilan solishtirganda noan’anaviy tarzda uzunligini payqagan. Uch yoshli itning tili o‘lchab ko‘rilgach, rekord darajada uzun ekani ma’lum bo‘lgan. 

Bu bo‘yicha Zoyeydan avvalgi rekord AQSHning Arizona shtatidagi ingliz Setteri zotidan Bisbi laqabli itga tegishli bo‘lgan. Uning tili 9,49 santimetr uzunlikka ega edi. 

Shuningdek, mutlaq rekordchi Sent-Bernard zotli Mochi laqabli itning tili 18,58 santimetr bo‘lgan. Mochi besh yil davomida bu bo‘yicha tengsiz bo‘lib kelgan va 2021 yilning noyabrida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

eng uzun tilli it Ginness rekordlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов