Bo'limlar

Ayollarni eshik qismagan. IELTSʼdan 9 ball olgan ilk o‘zbek ayoli bilan intervyu

Intervyu

Hozirgi kunda IELTS imtihoniga topshirish xuddi bir modaga aylandi. Qanday auditoriyaga kirmaylik, “ingliz tilini o‘rganyapman”, “IELTS olmoqchiman” kabi jumlalar qulog‘imizga tez-tez chalinadi. IELTS sertifikatiga ega insonga esa katta “plyus”i bor nomzoddek qaraladi. Xoh ishga kirish arafasida, xoh yangi loyiha ustida turgan bo‘lsin uning imkoniyatlari yuqori baholanadi. 6-6,5 ballga ega bo‘lish, ayni paytda sensatsiya emas. Lekin O‘zbekistonda ham IELTS cho‘qqisini zabt etganlar bor. Albatta, dastlab bu natijani yigitlar qayd etgan bo‘lsa, endilikda birinchi o‘zbekistonlik ayol ham bunday muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi.

QALAMPIR.UZ birinchilardan bo‘lib, 9 ballik IELTS sertifikatiga ega chiqqan ayol o‘qituvchi Ma’mura Yo‘ldosheva bilan suhbatlashdi.

Intervyuda Ma’mura Yo‘ldosheva o‘zining AQSHdagi hayoti va ayni damda O‘zbekistondagi faoliyati, erishgan natijasi ortidagi mehnati hamda o‘zbek jamiyatida ayol-qizlarning o‘rni va vazifalari haqida so‘zlab berdi.

Ma’lumot uchun, Ma’mura Yo‘ldosheva 1988 yil 4 aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 7-sinflik chog‘ida Amerika Qo‘shma Shtatlariga oilasi bilan yashash uchun ketadi. Dastlab Amerikaning Texas shtatida Fullmore Middle school’da, undan keyin Liberal Arts and Science Academyʼda 12-sinfgacha tahsil oladi. So‘ngra The University of Texas at Austin’da kompyuter va iqtisod fani mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr bosqichida o‘qib, keyin Hawai’i Pacific Universityʼda biznes boshqaruvi yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil oladi. 24 yil davomida AQSHda yashab, tahsil olib O‘zbekistonga qaytgan Ma’mura Yo‘ldosheva ayni vaqtda Toshkentda ingliz tilidan dars berib kelmoqda.

Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

IELTS o'zbek ayoli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов