Bo'limlar

“Al-Hilol” “Barsa”dan yulduzli futbolchi oladi

Sport

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Ispaniyaning “Barselona” klubidan chap qanot himoyachisi Jordi Albani sotib olmoqchi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Avvaliga “Al-Hilol” bu taklifni faqat argentinalik Lionel Messini ko‘ndirish uchun qilayotgandek ko‘rindi. Biroq Messining masalasi AQSHning “Inter Mayami” klubi bilan hal bo‘lganiga qaramay riyodliklarning Albaga bo‘lgan qiziqishi susaymagan.

Bunga qadar ispaniyalik 34 yoshli futbolchiga Yevropaning bir necha ligalaridan ham taklif bo‘lgan. Xususan, “Atletiko”, “Inter” va “Benfika” jamoalari Albani o‘z safida ko‘rish istagida.

Ma’lumot uchun, Jordi Alba 2022/2023 mavsumda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов