Bo'limlar

4 oyda yuz nafardan ortiq odam ovqatdan zaharlangan – “SES”

Salomatlik

image

Joriy yilning o‘tgan davrida 21 ta holatda ovqatdan zaharlanish tufayli 107 nafar fuqaro jabrlangan, 2 nafar bemor esa vafot etgan. Bu haqda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati hamda mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilning 12 oyi davomida 65 holatda ovqatdan zaharlanish qayd etilib, 518 nafar fuqarolar jabrlangan. Shulardan 194 nafari bolalar bo‘lib, 2 nafar bola uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini iste’mol qilish oqibatida vafot etgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 21 tani tashkil qilgan, Mazkur holatlarda 107 nafar fuqaro jabrlangan. Ulardan 22 nafari bola bo‘lib, 2 nafar bemor vafot etgan.

Shuningdek, 2023 yil boshidan beri kuzatilgan zaharlanishlardan 15 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida botulizm kasalligi qayd etilib, 52 nafar fuqaro jabrlangan. Shundan 8 nafarini bola tashkil etadi. 6 ta holatda ovqat toksikinfeksiyasi qayd etilgan bo‘lib, 55 nafar fuqaro jabrlangan bo‘lsa, shulardan 11 nafarini bolalar tashkil etadi.

Bundan tashqari, yana 2 ta holatda umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, ya’ni bir zumda tayyorlanadigan mahsulotlarni pishirish jarayonida ularning texnologiyasiga to‘liq rioya etmaganligi oqibatida kuzatilgan. 2023 yilning o‘tgan 4 oyi davomida 147 ming kilogrammdan ziyod sifatsiz mahsulotlar savdosiga barham berilib, o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 sentyabrdagi Qarorida belgilangan “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktyabrdagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qo‘yiladigan minimal talablar belgilangan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

zaharlanish ovqatdan zaharlanish SES

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

KatStat.ru - Топ рейтинг сайтов